O'ZBEK QIZI
Go’zal bir qiz sevar edi sinfdoshini.
Lekin qanday aytsin ko’ngil nidosini?
Qiz bola- da, o’zbek qizi, nima qilsin?
Qurbon qila olmas axir ibosini!
Yigit uchun edi u qiz eng yaqin do’st
Sir tutmasdi yigit undan biror bir so’z.
Qiz bola-chi nima qilsin, ul ohu ko’z?
Qurbon qila olmas axir ibosini!
Yillar o’tdi, Maktab endi bitti, tamom!
Tarqalishdi sinfdoshlar har yon tomon.
Izhori dil qilolmagan u qiz hamon,
Yo’qdir hech dard bundan og’ir, bundan yomon.
Vaqt - davo deyishrdi har bir darga,
Lekin davo bo’lolmadi bu safarga.
Borgan sari oshib borar qizning ishqi,
Rad javobin berdi kelgan sovchilarga.
Lekin bir so’z aytolmaydi suyganiga.
Qandoq chetga surar ayting, hayosini?
Qurbon qila olmas axir ibosini! …
Yig’ilmoqchi bo’lishibdi sinfdoshlar
Qiz yuragi endi tez- tez ura boshlar.
Bugun endi haqiqatni aniq aytar,
Cheksiz muhabbatin endi izhor aylar. ...
Sog’inishgan sinfdoshlar bir- birlarin,
Suhbat qurib, shodon o’ynab kulishadi,
Lek, biz bilgan qiz ko’rinardi biroz g'amgin
Fursat topsa aytmoqchi u o’sha sirin.
Shu on qizning suyuklisi kulib turib,
Taklifnoma berib chiqdi har-biriga
Taklif qilgan edi yigit hammalarin,
Shu yaqinda bo’ladigan o’z to’yiga!
Ko’rsa maymun yig’lar qizning ko’yiga…!
Ichga yutti, go’zal, sevgi sadosini
Topmagandi shu ongacha aytish ilojini
Bilasizku… O’zbek qizi сhetga surmas hayosini,
Qurbon qila olmas axir ibosini!