Men Seni Sevaman kapalak bo'lib,
Seni axtaraman ochilgan guldan.
Men Seni Sevaman bir gul misoli,
Madhingni tinglayman xofiz bulbuldan.
Men Seni Sevaman soylarda oqib,
Dengizim, Sen tomon suzaveraman.
Men Seni Sevaman Majnun misoli,
Sahrolarda kezib izlayveraman.
Men Seni Sevaman quyosh misoli,
Nurga to'ldiraman bag'ringni har tong.
Men Seni Sevaman oftob misoli,
Osmonim, poyinga tiz cho'kib har shom.
Men Seni Sevaman sherlarim bilan,
Yuragim xonishi baytlarda oshkor.
Men Seni Sevaman bor qalbim bilan,
Faqat Seni qo'msar takror va takror...
Men Seni Sevaman har dam sog'inib,
Bizlarni ayirgan vaqtni tilkalab.
Kutganim, kutaman to diydorgacha,
Baxtim deb gulim deb seni erkalab.
Men Seni Sevaman o'zimdan ortiq,
Jon so'ra jonimni beraman
...
Xammasini o'qish »